Bitiruv malakaviy ishi

14/06/2025

📌🎓 DTPI Pedagogika fakulteti 60110500-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bitiruvchi kurs 1-BT-RU-21 guruh talabalari bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

🔰 Jarayonda fakultet dekani v.v.b. R.Salomova, Sariosiyo tumani 12-sonli umumta’lim maktabi oliy toifali o’qituvchisi L.U.Ismatova, Denov tumanidagi 61-umumta’lim maktabining oliy toifali o’qituvchisi Z.Q.Istamov hamda Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirok etishib, bitiruv malakaviy ishiga xulosa berib, baholab bordilar.

💫 Bitiruvchilarimizning yurtimiz istiqboli va kelajagi uchun o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib, institut jamoasining yuksak ishonchini oqlashiga ishonamiz va ularga yuksak parvoz tilaymiz.