Birinchi yozgi arxeologlar maktabi o‘quv mashg‘ulotlari o‘z nihoyasiga yetdi
19/08/2025
Joriy yilning 4–16-avgust kunlari Madaniy meros agentligi huzuridagi Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutida I Yozgi arxeologiya maktabining o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Dars mashg‘ulotlari Koreya Meros agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Dastur doirasida tinglovchilar zamonaviy arxeologik tadqiqotlar metodikasi va texnologiyalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etishdi. Tinglovchilar arxeologik obyektlarda dron texnologiyalari, 3D skanerlar, taxeometrlar, yer osti radarlari (GPR) va yorug‘lik va masofani aniqlash LIDAR texnologiyasi kabi ilg‘or texnik vositalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashgan holda o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.