Bugun “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda institutimiz rektori O.A.Ruziyev muhtarama opa-singillarimizni tabriklab jumladan shunday dedi: Bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va mavqei tobora yuksalib bormoqda. Davlatimiz tomonidan ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi, ilm-fan bilan shug‘ullanishi hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugungi kunda institutda jami 8045 nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 3840 nafarini talaba-qizlarimiz tashkil etadi. Institutda bugungi kunda jami 635 nafarlik jamoa faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ularning 222 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Fursatdan foydalanib institutimizda bilim berayotgan va bilim olayotgan barcha opa-singillarimizni biyram bilan muborakbod etaman.