O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026 yil 3 mart kuni Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik holatlarining oldini olish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to’g’risida”gi PF-33-sonli Farmoni qaubl qilindi.
Mazkur farmon maqsadi;
(a) nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish holatlarining (erta nikoh) oldini olishga erishish, ota-onalarning o’z voyaga yetmagan farzandlari uchun mas’uliyatini yanada oshirish;
(b) moliyaviy mustaqillikka erishgan va oila qurishga har tomonlama tayyor bo’lgan yoshlar o’rtasida nikoh tuzishni rag’batlantirish;
(v) ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik holatlarining oldini olish tizimini takomillashtirish orqali ularning sonini keskin qisqartirish, shuningdek, bunday holatga uchragan shaxslarni qo’llab-quvvatlash tizimini joriy etish;
(g) oila va xotin-qizlar maskanlarida nikohlanuvchilarni «maishiy zo’ravonliksiz baxtli oilaviy hayotga tayyorlash» maxsus kurslarida bepul o’qitish bilan qamrab olish darajasini 2026 yilda 50 foizga, 2027 yilda 60 foizga va 2030 yilda 100 foizga yetkazish hamda ushbu kurslar sifati va ta’sirchanligini tubdan oshirish.
2026 yil 1 apreldan boshlab, himoya orderi berilgan jabrlanuvchi xotin-qizlarning aloqa vositalariga (telefon, planshet va boshqa qurilmalar) Ijtimoiy himoya milliy agentligining tazyiq va zo’ravonlik holatlari to’g’risida zudlik bilan xabar berish imkonini beruvchi («SOS» chaqiruv) «my.ihma.uz» mobil ilovasi ularning roziligi bilan o’rnatish,
2026 yil 1 noyabrdan boshlab jinoyat kodeksining 118 (nomusga tegish), 119 (jinsiy ehtiyojni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda qondirish), 121 (shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish), 128 (o’n olti yoshga to’lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish), 1281 (o’n olti yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish), 129 (o’n olti yoshga to’lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar bo’yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni faqat prokuratura organlari tomonidan amalga oshirish;
(b) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan shahvoniy shilqimlik bo’yicha ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish hujjatlarini qilmishda jinoyat alomatlari mavjud emasligi haqida prokuror tomonidan qaror qabul qilinganidan so’ng sudga yuborish belgilangan.
Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etganlik uchun sudlangan shaxslarni manzil-koloniyalarga o’tkazilmaydigan mahkumlar toifasiga kiritish;
2027 yil 1 yanvardan boshlab ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik bilan bog’liq jinoyatlar, qoida tariqasida, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan tergovchilar va sudyalar tomonidan tergov qilinishi va ko’rib chiqilishi belgilangan.
Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar hamda ular bilan jinsiy aloqa qilish va uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etish bilan bog’liq jinoyatlar uchun muqaddam sudlangan shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etganda ularga tegishincha umrbod ozodlikdan mahrum qilish yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash:
(a) o’n to’rt yoshga to’lmagan shaxsning nomusiga tegish;
(b) o’n to’rt yoshga to’lmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda qondirish;
(v) o’n olti yoshga to’lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni bir guruh shaxslar tomonidan sodir etganlik uchun og’irroq javobgarlikni belgilash, shuningdek, tergov va sud amaliyotidan kelib chiqqan holda Jinoyat kodeksi 129-moddasi dispozisiyasiga aniqlik kiritish;
(d) Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda shahvoniy shilqimlik va nikoh yoshi to’g’risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish bilan bog’liq huquqbuzarlik uchun jazo sanksiyalarini oshirish, shuningdek, jinoyat ishini qo’zg’atish rad etilgan bo’lib, ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan hollarda javobgarlikka tortish tartibini takomillashtirish belgilangan.
Farmonning asosiy maqsadi ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik holatlarini kamaytirish va jamiyatda bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hisoblanadi.
Jinoyat ishlari bo’ysicha
Denov tuman sudining sudyasi B.Diyorov