Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Biologiya va qishloq xo’jalik mahsulotlari texnologiyalari kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi Qurbonov Otabek Abdurasul oʻgʻli Guliston davlat universiteti qoshidagi Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot instituti laboratoriyasida “Surxondaryo viloyati sharoitida ayrim dukkakli o’simliklarning fiziologik va biokimyoviy ko’rsatkichlariga auksinlarning ta’siri” ilmiy ish mavzusi doirasida o’n kunlik amaliy stajirovka o’tab keldi.
Stajirovka tajribalari davomida fitogormonlar eritmalari hamda nazorat uchun distillangan suvdan foydalanib, no’xot, loviya, moshning laboratoriya sharoitida urug’larning suv shimish kuchi, unuvchanligi, urug’larning unuvchanlik energiyasi, dastlabki ildiz uzunligi, dastlabki kleyoptil uzunligiga ta’siri, qiyosiy statistik jadvallar qilinib, ilmiy xulosalar chiqarildi.