2025-yil 6-dekabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

06/12/2025

⚡️ Mazkur tadbir Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida, 1-kurs kechki hamda 3- va 4-kurs kunduzgi ta’lim yo‘nalishlari talabalari ishtirokida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

📌 Tadbirda Denov tuman hokimi o‘rinbosari Rasulov Farxod Pardayevich, shuningdek, Denov tumani hokimining matbuot kotibi va axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi To‘rayeva Feruza Abdugapparovna ishtirok etib, yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

🖇 Tadbir davomida talabalar tomonidan mavzuga oid ijodiy ishlanmalar — rasmlar namoyish etildi, yuqori saviyada tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, raqs va qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.