Fakultet birinchiligi sport musobaqasiga start berildi

16/09/2025

🏐 Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “5 muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash hamda sportning ommaviyligini keng yoyish maqsadida kurslar kesimida “Mini futbol” musobaqasi boshlandi.

⚽️ Tadbirni fakultet dekani M. Toshboboyev kirish so‘zi bilan ochib, sportchi talabalarga omad tiladi va sport orqali jamoaviylik hamda birdamlik mustahkamlanishini alohida ta’kidladi.

🏆 Bugun musobaqaning dastlabki bosqichi — 1-kurs talabalari o‘rtasidagi bellashuvlar qizg‘in ruhda davom etdi.