📣 Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar!

19/11/2025

Sizni 2025-yil, 20-noyabr kuni soat 9:30 da bo‘lib o‘tadigan Xorijiy til va adabiyoti quyi va yuqori kurslar kafedralari tomonidan tashkillashtirilgan “Lingvistika va pedagogik texnologiyalar: xalqaro tajribalar va milliy amaliyot” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz.

Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yalpi va sho‘ba majlislari o‘tkaziladi:

1️⃣ Tilshunoslikning dolzarb masalalari;
2️⃣ Adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik;
3️⃣ Til va adabiyot o‘qitish metodikasi;
4️⃣ Raqamli filologiya va sun’iy intellekt.

📍 Manzil: Sh.Rashidov manzilidagi binoning Faollar zali.
🕙 Boshlanish vaqti: 20-noyabr, soat 9:30 da.

Mazkur ilmiy anjumanda barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!