✅ Joriy yilning 26-noyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti xotin-qizlar maslahat kengashi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Tuman IIB hamkorligida Butunjahon ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida keng qamrovli tadbir tashkil etildi.
📌 Tadbirda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar, notinch va nizoli oilalarda istiqomat qiluvchi ayollar hamda talaba qizlar ishtirok etdilar. Hozirgi kunda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, ayollar mavqeini oshirishga qaratilgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🌟 Shuningdek, tazyiqqa uchragan har bir xotin-qiz davlat himoyasiga olinishi ayollarning oilada va jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.