Yurtimizda keng nishonlanayotgan “Yoshlar bunyodkorligi oyligi” doirasida institutimizda ham bir qator ezgu tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda.
26/06/2025
🏗 Jumladan, yangi talabalar yotoqxonasi qurilishida ko‘ngilli yoshlarimiz faol qatnashib, o‘z mehnati va tashabbuskorligi bilan barchaga o‘rnak bo‘lishmoqda. Bunyodkorlik ishlarida ishtirok etayotgan talabalar nafaqat mehnat qilish, balki jamoaviylik, birdamlik, vatanparvarlik kabi ezgu fazilatlarni namoyon etmoqdalar.
👷♂️ Institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ushbu ishlarni yuqori baholab, yoshlarimizni rag‘batlantirishmoqda. Talabalarimiz tomonidan yotoqxona hududini obodonlashtirish, qurilish materiallarini tashish, hamda oddiygina yordam ishlarigacha bo‘lgan faoliyat ijobiy muhitda olib borilmoqda.
📌 “Yoshlar bunyodkorligi oyligi” — bu nafaqat bunyodkorlik, balki yoshlarning jamiyatdagi faol o‘rnini yana bir bor namoyon etuvchi muhim jarayon. Biz faxrlanamizki, institutimiz yoshlarining ezgu tashabbuslari bu borada boshqalarga ham o‘rnak bo‘la oladi!