✨Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida Payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar festivali” yuqori saviyada tashkil etildi.
🏆Festivalning asosiy maqsadi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, intellektual, ijodiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
🥁Tadbirda ko’plab yoshlar faol ishtirok etib, o‘z iqtidor va tashabbuslarini namoyon etdilar. Festival doirasida sahna chiqishlari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, yosh ixtirochilar va tadbirkorlar ko‘rgazmalari, milliy hunarmandchilik namoyishlari, sport musobaqalari hamda kitobxonlik ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. Tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qildilar.
🎼Festival yakunida bayramona kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir ko‘tarinki ruhda yakunlandi.