Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti aʼzosi, “Besh tashabbus” loyihalari koordinatori I.Joʻrayev hamda institut faol talabalari tashabbuslari bilan “Hogwarts” haftaligiga start berildi.
Talabalar orasida ilk bor o‘tkazilayotgan “Hogwarts” haftaligi sizni sehrli olamga chorlaydi!
✅Oʻyin shartlari: Har bir jamoa 6 nafar aʼzodan iborat boʻlib, barcha jamoalar orasidan 1-oʻyinda 4 ta jamoa saralab olinadi. Saralab olingan jamoalar 5 kun davomida gʻoliblik uchun kurashadilar.
📅 Sana: 24.11.2025 yil. ⏰ Vaqt: Soat 10:00 da. 📍Manzil: Sharof Rashidov koʻchasi, DTPI ARM binosi 3-qavat.
Talabalar! Bu hafta — sizni sinaydigan hafta. Bilimingiz, jamoaviyligingiz, nutqingiz, tetikligingiz — hammasi shu yerda namoyon bo‘ladi.
Saralash bosqichiga barcha jamoalarni taklif etamiz!