YASHIL INSTITUT

2025-YIL "ATROF MUHITNI ASRASH VA "YASHIL" IQTISODIYOT YILI"

🌴 DTPI rektori O.A.Ruziyev Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

🌱 Institutimiz rektori 2025-yil “Atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi bo’yicha Moliya – iqtisod ishlari bo’yicha prorektor D.Tursunov, dekan o’rinbosarlari va fakultet tyutorlariga fakultet binosi atrofidagi bo’sh turgan yerlardan unumli foydalanish hamda obodonlashtirish ishlarini jonlantirish masalasida taklif va ko‘rsatmalar berdi.

YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TOMONIDAN REKTOR BOG‘I TASHKIL QILINDI

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti rektori Oybek Ruziyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik muhitni yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Quyida instituti rektori Oybek Ruziyev tomonidan Rektor bog‘i tashkil qilinib, unga ekilgan daraxtlar soni bo‘yicha ma’lumot keltirilgan:

 

Mazkur tashabbus institut hududi va atrof-muhitning yanada obod bo‘lishiga xizmat qilib, talaba va xodimlar uchun qulay ekologik muhit yaratadi. Kelajakda ham bu ishlar davom ettirilib, ko‘kalamzorlashtirish loyihalari kengaytiriladi.

"ZIYOLILAR BOG'I" TASHKIL ETILDI

🌿 Bugun 15-mart kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti vakillari ham oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtning o‘zida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi…” shiori ostida “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish uchun bahor mavsumida ko‘chat ekish marafoniga faol ishtirok etdilar.