⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetida dekani M.Musurmankulova rahbarligida 2025–2026 o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📌 Yig‘ilishda fakultet kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar ishtirok etdi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi: O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligini munosib nishonlashga tayyorgarlik, 1-kurs talabalarini talabalar turar joylariga joylashtirishda ularning ijtimoiy ahvolini o‘rganish, yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablariga muvofiq o‘quv rejalarning ishlab chiqilishi, fan dasturlari va sillabuslarning tasdiqlanishi, o‘qituvchilar yuklamalari taqsimoti, HEMIS axborot tizimiga elektron resurslar joylashtirilishi holati.