⚡️Bugun Termiz davlat universiteti sport majmuasida “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari sari” hamda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumi tantanali ravishda ochib berildi.
📍 Ochilish marosimida Surxondaryo viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari qatori Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori hamda talabalari ham faol ishtirok etdilar.
📌 Ushbu loyihalar yoshlarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ular orasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, sport va ijod orqali Vatanga muhabbat tuyg‘ularini kuchaytirish yo‘lida muhim qadamlardandir.