⚡️ Avval xabar qilganimizdek, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yakuniy nazorat imtihonlari belgilangan tartib asosida, yuqori saviyada tashkil etilmoqda. ⚡️ DTPI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Usmonjon Bo‘tayev Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida o‘tkazilayotgan yakuniy nazorat imtihonlari jarayonlari bilan tanishdi. Jarayon davomida imtihonlarning adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilayotgani, talabalarning faol ishtiroki hamda baholash mezonlariga qat’iy amal qilinayotgani kuzatildi. ⚡️ Yakuniy nazorat imtihonlarida talabalar uchun yaratilayotgan bunday adolatli va ochiq baholash muhiti nafaqat bugungi natijalarga, balki keyingi semestrlarda yanada puxta va mas’uliyat bilan ta’lim olishga undaydi.