Yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda

31/05/2025

🔹 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida 2024–2025-o‘quv yilining bahorgi-semestri uchun tasdiqlangan o‘quv reja va jadval asosida yakuniy nazorat imtihonlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Pedagogika fakulteti Maktabgacha va Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 1-MT-2022, 2-MT-2022, 9-BT-2022, 10-BT-2022 – guruhlarida yakuniy nazorat imtihoni belgilangan vaqt va tartibda o‘tkazildi.

🔸 Institutda imtihon jarayonlari o’z vaqtida belgilangan talablar asosida adolatli va shaffof tarzda o’tkazilib, Registrator ofis, Ta’lim sifatini nazorat qilish, Komplayens nazorat bo‘limlari, Fakultet dekanatlari nazorati ostida olib borilmoqda.