🔸 Respublikamizning barcha OTMlar qatorida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham kunduzgi bo‘lim talabalari uchun bahorgi semestr yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Shu jumladan, Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ham yakuniy nazorat imtihon jarayonlari qizg’in davom etmoqda.
🔹 Ma’lumot uchun, institutda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 452-son buyrug‘iga asosan, yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh hamda yakuniy nazorat ishlarini baholovchi tajribali professor-o‘qituvchilar tarkibi shakllantirilgan.