🏛 DTPI Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti 60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bitiruvchi kurslarining 56-nafar talabalari yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlarida ishtirok etishib, mutaxassislik sohalaridan yakuniy davlat attestatsiyasi imtixonlarini topshirdilar.
✅ Attestatsiya jarayonlarini o‘tkazish uchun malakali ustozlar, hususan TerDU professori S.N.Tursunov, Denov tuman 36-umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi A.Norov, institutning Tarix va falsafa kafedrasi mudiri D.T.Yakubova va kafedra dotsenti A.Mengliboyevlar jalb etildi.
🔰 Yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari boshlanish arafasida DTPI rektori O.Ruziyev, prorektorlar U.Bo‘tayev va R.Shukurov, Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti dekani M.Toshboboyev va boshqa mehmonlar uchrashuv o‘tkazib, kerakli tavsiya va ko‘nikmalarni berib o‘tishdi hamda imtixon jarayonlariga muvaffaqiyat tilashdi.