Xotira bilan faxrlanamiz, qadriyat bilan yashaymiz!
07/05/2025
⚡️ Bugun Pedagogika fakultetida “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari D.E. Karimova va N.N. Kalonovalar tashabbusi bilan maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 103-guruh talabalari ishtirokida “Xotira bilan faxrlanamiz, qadriyat bilan yashaymiz” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar Vatan himoyachilari, mehnat faxriylari va tarixiy qahramonlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, ularning jasoratini yodga oldilar. Sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar va she’rlar orqali tarixiy voqealarning ahamiyati yanada chuqur anglatildi.
📌 Talabalar o‘z chiqishlari orqali bugungi tinch hayot, ozodlik va erkinlik uchun qanchalik mashaqqatlar chekkan ajdodlarimizni faxr bilan esladilar. “Xotira bilan faxrlanamiz, qadriyat bilan yashaymiz” shiori ostida o‘tgan bu tadbir yoshlarda vatanparvarlik, tarixga hurmat va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamladi.