🏢 Ayni kunlarda Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi Sayyora Roziqova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O’zbek tili va adabiyoti universitetida bilim va ko’nikmalarini oshirmoqda.
📌 Ushbu dargohda 2026-yil 9-fevral kuni “Alisher Navoiy va XXI asr” nomli 11-xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Sayyora Roziqova ham ushbu konferensiyada bevosita ishtirok etib, xalqaro darajadagi uchrashuvda bahs-munozaralarda qatnashdi.
⚡️ Jarayonda italiyalik professorlar, yurtimizning taniqli olimlari ishtirok etib, o’zaro muloqotda Navoiy dahosining ochilmagan qirralari xususida yangi-yangi ma’lumotlar bilan o’rtoqlashdilar.