XALQARO HAMKORLIKLAR
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yangi hamkorlik bosqichi 🏛 Bugun institutimizga Indoneziyaning Pendidikan universitetidan nufuzli mehmonlar tashrif buyurishdi: Prof. Dr. Julia, M.Pd. (Boshlang‘ich ta’lim fakulteti professori va kafedra mudiri), Dr. Indra Safari, M.Pd. (Jismoniy tarbiya fakulteti o‘qituvchisi va akademik ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari), Dr. Tedi Supriyadi, S.H.I., M.Ag. (Boshlang‘ich ta’lim fakulteti o‘qituvchisi, diniy pedagogika mutaxassisi)
O‘zbekiston turizmi Xitoy sahnasida: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori xalqaro ko‘rgazmada.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorlik doirasini kengaytirmoqda! Institutimiz va Kaliforniya Davlat universiteti (AQSH) o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi. Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor R. Shukurov AQSHda bo‘lib, ushbu tarixiy kelishuvni amalga oshirmoqda. Talabalar almashinuvi, ilmiy loyihalar, qo‘shma seminarlar va yana ko‘plab imkoniyatlar sizni kutmoqda!
Hindistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Smita Pant xonim rasmiy tashrif buyurdi. Elchi xonim ishtirokida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Hindistonning Indira Gandhi Krishi Vishwavidyalaya (Raipur) universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzoladi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bo‘lib o‘tayotgan “Sun’iy intellekt va kompyuter texnologiyalari: amaliyot, tajriba, muammo va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
25-aprel kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Sotim Ulug‘zoda nomidagi Tojikiston Xalqaro Chet Tillar Universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
N.А. Dobrolyubov nomidagi Nijniynovgorod davlat tilshunoslik universiteti (NDTU) O‘zbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatidagi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) bilan hamkorlikda Rus tili va madaniyati markazini ochdi. Markazning ochilish marosimi universitet delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya tarkibiga quyidagilar kirgan: NDTU Rus tili instituti direktori Kristina Golubeva, NDTU Sharqshunoslik markazi direktori va xalqaro jurnalistika kafedrasi dotsenti Eraj Boev hamda rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish metodikasi bo‘yicha mutaxassis NDTU o‘qituvchisi Natalya Gujova.
Nijniynovgorod viloyati xalqaro va mintaqalararo aloqalar vaziri Olga Gusevaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston ko‘p yillardan buyon viloyatning muhim hamkorlaridan biri bo‘lib, u bilan savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda o‘zaro foydali hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida filologiya fakulteti rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Rossiya va Sharq ta’lim tizimida rus tili: muammolar va istiqbollar” (“Русский язык в сфере образования России и Востока: проблемы и перспективы”) mavzusida tashkil etilgan V-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’z ishini boshladi. Anjumanda xorijiy va mahaliiy oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari ishtirok etishmoqda.
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri p.f.f.d (PhD) R.V.Salomova ayni kunlarda Turkiya davlatida safarda bo‘lib turibdi. Turkiyaning mashhur IKSAD instituti, Duzce, Selcuk universitetlariga tashrif buyurib, keng doiradagi uchrashuvlar va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etmoqda.
Xalqaro hamkorlik doirasida Turkiyaning Firat universitetiga tashrif buyurgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti delegatsiyasi tomonidan samarali uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Tashrif davomida institutimiz professor-o‘qituvchilari Firat universiteti dekanati hamda turli kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuvlar chog‘ida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va akademik almashinuv yo‘nalishlarida istiqbolli hamkorlik rejasi ishlab chiqildi.