Xalqaro hamkorlik

27/01/2025

🔰 DTPIga XXRning “Beijing Kunbo Cultural Tourism Development Co., Ltd.” tashkilotidan Lyu Liyan xonim tashrif buyurdi. Tashrif davomida quyidagi sohalar bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi: 

🔹1. DTPI va Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda akademik mobillik, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchi doktorantlarni stajirovka o‘tashlari hamda malaka oshirish trening-kurslarini amalga oshirish;

🔸2. Surxondaryo viloyatida mavjud ishlab chiqarish korxonalarining sanoat va tijorat mahsulotlarini Xitoy bozorida sotish, shuningdek, Xitoy ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlarini Surxondaryo viloyatida sotish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;

🔹3. DTPI hamda XXR OTM lari bilan o‘zaro hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy, tijoratlashtirish, fundamental loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarni tashkil etish.