Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun

10/09/2025

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida talabalar oqshomi tashkil etiladi.

📍Manzil: 1-sonli TTJda 12-sentabr soat 18:00da

Oqshom davomida:

– Madaniy dasturlar: Talabalarimiz tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, qo‘shiqlar va raqslar.
– Suhbat va munozaralar: Vatanimiz va uni rivojlantirish yo‘llari haqida fikr almashamiz.
– Ajoyib sovg‘alar: Eng faol ishtirokchilar uchun maxsus sovg‘alar taqdim etiladi.

⚡️Bizning maqsadimiz — birgalikda bayramona kayfiyatni yaratish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlik ruhini mustahkamlashdir. Sizning ishtirokingiz biz uchun juda muhim!