Uchrashuv

26/11/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Pedagogika va psixologiya kafedrasi bilan doimiy hamkorlik olib borayotgan ustoz, professor X. J. Xudoyqulov va  1-bosqich magistrantlar bilan samimiy va mazmunli uchrashuv tashkil etildi.

✍️ Uchrashuv davomida professor X. J. Xudoyqulov tomonidan magistrlik dissertatsiyalarining ilmiy-texnik talablar asosida rasmiylashtirilishi, tadqiqot metodologiyasiga qat’iy rioya qilish, ilmiy natijalarni tizimli ravishda tahlil etish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, intellektual mulk madaniyatini shakllantirish, ilmiy yangiliklarni muhofaza qilish, ixtiro va patentlarning ilm-fan va innovatsion rivojlanishdagi o‘rni haqida keng ko‘lamli ma’lumotlar berildi.

📌Mazkur uchrashuv magistrantlar uchun nafaqat ilmiy jarayonlar bilan tanishtirish, balki kelajakda mustaqil tadqiqotchi sifatida intellektual mulkni himoya qilish, ilmiy asoslangan natijalar yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish borasida muhim tajriba bo‘ldi.