🏛 Bugun Texas texnologiya universiteti biotexnologiya professori Raviprakash Dani Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetiga tashrif buyurdi.
♻️ Professor Dani dastlab institut rektori O.A. Ruziyev bilan uchrashib, ikki oliygoh o‘rtasidagi ilmiy va akademik hamkorlik istiqbollari, xususan, qo‘shma tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi hamda talabalar uchun xalqaro amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.
📌 Shundan so‘ng professor fakultet jamoasi bilan uchrashib, o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
📍 Tashrif davomida Raviprakash Dani DTPIning xalqaro hamkorlik aloqalari, ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuksak e’tirof etdi.
🔹 Mazkur tashrif DTPI va Texas Tech University o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalar hamda ta’lim dasturlarini rivojlantirish sari muhim qadam bo‘ldi.