Termiz shahridagi 11506-harbiy qismda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Janub qalqonlari” harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
15/03/2025
⚡️Termiz shahridagi 11506-harbiy qismda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Janub qalqonlari” harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, musobaqada ishtirokchilar bir qator harbiy va jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan o‘tishdi.
📌 Ma’lumot uchun, musobaqa quyidagi shartlardan iborat bo‘ldi: AK-74 qurolini qismlarga ajratish va yig‘ish, gaz niqobi bilan yugurish, jarohatlangan jangchiga birinchi yordam ko‘rsatish hamda uni jang maydonidan olib chiqish, tosh ko‘tarish, qo‘l kurashi, turnikda tortilish va arqon tortish.
🏆 Quvonarlisi shundaki, qizg‘in bellashuv yakunida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.