TA'LIM GRANTI UCHUN APELYATSIYA BERISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat (https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154) grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.

 Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Ta’lim granti bo’yicha shikoyati bor talabalar 48 soat ichida apelyatsiya murojaatini berishlari mumkin bo‘ladi.

APELYATSIYA BERISH UCHUN HAVOLA:

https://forms.gle/XNTm8iEHzBHM1dM19