Ta’lim granti tanlovi uchun arizalar qabul qilinadi

19/07/2025

📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat (https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154) grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.

🎓 Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

🔹 Ta’lim grantiga talabgorlar ushbu havola https://dtpi.uz/talim-granti-tanlovi-uchun-ariza-topshirish/ orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza topshirishlari lozim.

🗺 Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

❗️ Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❌ Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.

💬 Savollar yoki ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.

📍 Manzil: Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi, 360-uy, 2-qavat, 210-xona
+998 76 228 08 27