TA’LIM GRANTI TANLOVI UCHUN ARIZA TOPSHIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat (https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154) grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.

 Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

 Ta’lim grantiga talabgorlar ushbu havola (https://forms.gle/Fjs5pdxwFRASJcuc9) orqali ariza topshirishlari lozim.

Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 10-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

 Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 10-avgustdan keyin murojaat qilgan, shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.

 Savollar yoki ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.