Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti “O‘zga tilli guruhlarda rus tili” ta’lim yo‘nalishi 302-RT-2022 guruh talabalari — Xaynazarov Baxriddin Sirojiddin o‘g‘li va Qurbonov Qurbonali Abduvosixovichlar 2024–2025 o‘quv yilining II-semestrini Rossiya Federatsiyasining A.S.Pushkin nomidagi Davlat rus tili institutida o‘qimoqdalar.
📖 Talabalarimizning tahsili samarali davom etmoqda. Ular zamonaviy uslublar va ilg‘or metodikalar asosida darslarda faol ishtirok etishmoqda, yangi tajribalar orttirishmoqda.
🌐 Guruh tyutori U.Omanov tomonidan ular bilan ijtimоiy tarmoqlar orqali doimiy muloqot olib borilmoqda.
🎓 Bunday loyihalar yoshlarimizning til o‘rganish, madaniyatlararo muloqot va xalqaro tajriba orttirishlarida muhim ahamiyatga ega.