Talabalarimiz “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining tuman bosqichida
02/04/2026
📅 DTPI huzuridagi Inkubatsiya markazida iqtidorli talabalar o‘z loyihalari ustida ishlab, turli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar.
✨ Jumladan, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining tuman bosqichida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti fakulteti, Umumiy fizika va qurilish muhandisligi kafedrasi Fizika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Karimov Komil Jasur o‘g‘li faxrli o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
⚡️ Ilmiy-innovatsion ishlarni tijoratlashtirish boʻlimi boshlig‘i M.Jurayev hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i I.Sattorov tomonidan institutning iqtidorli talabalari o‘z loyihalarini shakllantirish va rivojlantirishda yaqindan amaliy yordam olmoqda va ularga tegishli tavsiyalar berilib kelinmoqda.