“Talabalar media guruhi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
09/07/2025
🗓 Bugun, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-yoshlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi “Talabalar media guruhi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
📍 Mazkur tadbirda talabalarni ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotga faol jalb etish, ularni dolzarb yangiliklar va qiziqarli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi virtual axborot makonini shakllantirish bo‘yicha muhim fikr va takliflar bildirildi.
🗣 Davra suhbatida “Talabalar media guruhi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni samarali tashkil etish hamda eng faol ishtirokchilarni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.
🎯 Tadbir talaba-yoshlarning media savodxonligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.