Talabalar bilan uchrashuv

20/09/2025

🔹Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Mengliboyev Akmal Xolto’rayevich Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

✅ Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, ta‘lim jarayonlari, tarbiyaviy ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy masalalar haqida batafsil so‘z yuritildi.

🔸 Erkin muloqot tarzida kechgan uchrashuvda A.Mengliboyev talabalarning fikr-mulohazalari, qiziqishlari va maqsadlari xususida suhbatlashdi hamda ularning g‘oya va tashabbuslarini tingladi.