“TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi Surxondaryoda

03/10/2025

🔹 2025-yil 3-oktyabr kuni Termiz shahridagi “Bobur” istirohat bog‘ida “TalabaExpo–2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allik va bandlik vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yoshlar agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan.

🔸 Ko‘rgazmada 100 dan ortiq korxona ishtirok etadi, 1200 ga yaqin ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovkalar taklif etiladi. Tadbir bitiruvchilarni bandligini ta’minlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu jarayonlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.