⚡️Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Kompyuter injenering yo‘nalishi 3-kurs, 5KI-22-guruh talabasi Bozorov Og’abek Otabek o‘g’li Koreys tili bo‘yicha xalqaro darajadagi TOPIK II sertifikatini qo‘lga kiritdi.
🌏 Ushbu yutuq nafaqat talabaning shaxsiy muvaffaqiyati, balki fakultetimizda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan yuksak qiziqish va intilishning yorqin misoldir.
👏 Bozorov Og‘abekni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz, kelgusi izlanishlarida ham ulkan zafarlar tilaymiz!