“Talaba — yugur” musobaqasiga start berilmoqda

02/05/2025

🏃🏻➡️🏃🏻‍♂️➡️ Ayni damda Termiz shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda “Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasiga start berilmoqda.

🏆 Mazkur musobaqada institutimizning sportchi talaba-yoshlari ishtirok etmoqda. Institutimiz rektori O.Ruziyev sportchi talabalarimizga musobaqadan oldin omad tiladi. Biz ham talabalarimizning g’alabali yurishlarini davom ettirishlariga ishonamiz va ularga omad tilaymiz.