Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

03/03/2026

⚡️ Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim jarayonidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish maqsadida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

⚡️ Uchrashuvda fakultet dekani hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, ta’lim sifati, talabalarning ilmiy faoliyati, amaliyot jarayonlari, bandlik masalalari va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan ochiq fikr almashildi.

🤝 Muloqot davomida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.