Surxondaryoda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boshlandi
23/10/2025
✅ Ushbu yarmarkada Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, Xizmat ko‘rsatish bo‘limi menejeri va Raqamli iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi.
📍 Yarmarkaning ish faoliyati davomida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor va Xizmat ko‘rsatish bo‘limi menejeri birgalikda Poliz ekinlari va gullardan tabiiy dorivor moylar ishlab chiqaruvchi “Shanaz” MCHJ, Qurlish materiallari ishlab chiqaruvchi “Termix”, Parfumeriya ishlab chiqaruvchi “Velton”, Osh tuzi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Termiz”, Kovrak o‘simligini yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchi “Vodil Ferule Farming” korxonalarining rahbarlari va mas’ullari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.