Surxondaryo viloyati hokimi bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazdi
12/07/2025
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov joriy yilda oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan, faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan yoshlar bilan uchrashdi.
Muloqotda yoshlarning fikr va takliflari tinglandi, ularni amalga oshirish, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan takliflar asosida aniq vazifalar belgilandi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tayanch bo‘lish — har bir rahbarning ustuvor vazifasiga aylanishi kerak. Men ham, barcha rahbarlar ham sizlarga yordamchi bo‘lamiz, — dedi viloyat hokimi.
Uchrashuv yakunida hokim o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilot rahbarlariga bitiruvchi yoshlar biriktirilib, ularning bandligini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Ma’lumot uchun, joriy yil Surxondaryo viloyatida 15 700 nafardan ortiq yosh oliy ta’lim muassasalarini tamomladi.