Sportsevar va irodali qizlar diqqatiga!

06/05/2025

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-401-sonli qaroriga muvofiq, barcha oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlar oʻrtasida “Toʻmaris izdoshlari” sport musobaqalari start olmoqda!

📌 Shu munosabat bilan, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talaba-qizlari o‘rtasida joriy yilning 7-may kuni “Toʻmaris izdoshlari” sport musobaqalarining institut saralash bosqichi o‘tkaziladi.

📆 O‘tkazilish vaqti: 7-may 2025-yil soat 14:00

📎 Musobaqa quyidagi 4 ta shart asosida bo‘lib o‘tadi:
➡️ 1-shart. Jamoalarni tanishtirish
➡️2-shart Sport bilan hamnafasmiz
➖100 metrga yugurish;
➖ Estafeta yugurish;
➖ Darts uloqtirish.
➡️ 3-shart. Birinchi tibbiy yordam.
➡️ 4-shart. Arqon tortish (jamoaviy).
Sport musobaqalari DTPI Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti sport zalida o‘tkaziladi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nodira Xasanova 91-5749450

Sportsevar, chaqqon talaba-qizlarimizni faollikka chorlaymiz!