Xabaringiz bor, joriy yilning 9-aprel kuni Prezidentimiz raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida har oyning bir shanba yoki yakshanbasi “Oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni” sifatida belgilanishi taʼkidlangan edi.
Mazkur tashabbus doirasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari va iqtidorli talabalari hamrohligida tumandagi Xo’ja Alovuddin Attor Vali va Xaydarqul xojibobo ziyoratgohlari hamda “Chuqurqishloq” mahallasida joylashgan O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, mehribon ustoz Nazar To’rayev uy muziyiga sayohat uyushtirishdi.
Sayohat davomida ishtirokchilar tarixiy obidalar, madaniy maskanlar va zamonaviy diqqatga sazovor joylar bilan tanishib, unutilmas taassurotlar oldilar.
Bunday tashabbuslar nafaqat dam olish va hordiq chiqarish, balki tumanimiz go‘zalliklarini kashf etish, olimlarni ibratli hayot yo’li bilan yaqindan tanishish va jamoada do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.