Sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi

29/03/2026

Bugun Denov tumanidagi “Qo‘zichoqli” yoshlar sanoat zonasida tashkil etilgan ko‘rgazma maydonida Afg‘oniston ishbilarmon doira vakillari ishtirokida Afg‘onistondan salohiyatli tadbirkorlar tashrif buyurishib, sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.

Mehmonlarga hududda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Delegatsiya a’zolari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.

Ko’rgazmada DTPI vakillari ham faol ishtirok etishdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor R.Shukurov Afg’onistonlik tadbirkorlar bilan kelgusida o’zaro hamkorlik yuzasidan kelishib olishdi.