Ramazon — mehr-muruvvat va saxovat oyi: Denovda ezgu ishlar davom etmoqda

24/02/2026

Ramazon oyi mehr-oqibat, ahillik va shukronalikni targ‘ib etadigan muborak davr bo‘lib, bu kunlarda muhtojlarga yordam berish, saxovat ko‘rsatish eng savobli amallardan sanaladi.

Denov tumanida ham ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida xayriya ishlari izchil olib borilmoqda. Tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar va mahalla faollari hamkorligida kam ta’minlangan oilalar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda zaruriy ro‘zg‘or buyumlari yetkazilmoqda.

Shuningdek, homiylar ko‘magida xayriya tadbirlari va iftorliklar tashkil etilib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda berilmoqda. Bu kabi ezgu ishlar jamiyatda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlamoqda.