🔷 Abituriyentlarning test sinov jarayonlaridagi ishtiroki, yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida DTPI rektori O.Ruziyev 2-binoga tashrif buyurdi. Jarayonda mamlakatimiz OTMlari, qolaversa, DTPIda talabalarning puxta bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, imtihon jarayonlaridagi holatlar haqida abituriyentlarning ota-onalariga ma’lumot berishdi. O’zaro muloqot jarayonida ota-onalar bilan fikr almashilib, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bugungi kunda turli sohalarda erishilgan yutuqlari haqida ma’lumotlar berib o’tildi.