Qabul jarayonlari

20/07/2025

⚡️ Bugun, 2025-yil 20-iyul kuni, 2025–2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining 7-kuni ham DTPIning Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan binosida 2-smena imtihonlari oldidan barcha zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi va abituriyentlarga institut rektori O.Ruziyev tomonidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Imtihon jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidalar yuzasidan tavsiyalar berilib, belgilangan tartibda binolarga kiritilmoqda.