Qabul-2025

27/06/2025

📌 25-iyun kuni 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangan bo‘lsada institut maslahat markaziga turli masalalar bo‘yicha qo‘ng’iroqlar bo‘lib turibdi. Murojaatchilarning savollari asosan qabul, imtihon jarayonlar, o‘qishni ko‘chirish, akademik mobillik, ta’lim shakllari va kontrakt summalari yuzasidan bo‘lmoqda.