⚡️ 2025-yil 10-sentyabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida psixolog D. Xolmuminova va institut tyutorlari hamkorligida talaba-yoshlarga erta tongdan xush kayfiyat hamda ko‘tarinki ruh bag‘ishlash maqsadida “Sizningcha, baxtni qanday rang bilan tasvirlash mumkin?” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
📌 Ushbu trening doirasida ishtirokchilarga ranglar psixologiyasi, emotsional ong va ijobiy tafakkur haqida qisqacha ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘z tasavvurlaridagi “baxt” tushunchasini turli ranglar orqali ifodalab, ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar. Trening interaktiv va samimiy muhitda o‘tkazilib, ishtirokchilarning faolligi va qiziqishi bilan ajralib turdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.