Prorektor huzurida yig‘ilish

26/01/2026

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor U.Bo‘tayev huzurida bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari hamda dekan o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2025-2026 o‘quv yilining kuzgi semestri yakuniy nazoratlarini belgilangan tartib va amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yakuniy nazoratlar jarayonida HEMIS axborot tizimida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, texnik va tashkiliy muammolarni oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, 2025-2026 o‘quv yilining bahorgi semestri o‘quv jarayonini boshlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish, juft semestrga o‘tiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy resurslarni HEMIS axborot tizimiga belgilangan muddatlarda joylashtirish, fan sillabuslari, o‘quv materiallari hamda nazorat shakllarini to‘liq shakllantirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.