🔰 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 41-sonli buyrug‘i asosida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga biriktirilgan Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Oltinsoy tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari va institut professor-o‘qituvchilarining ustoz-shogird an’anasi asosidagi tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
📌 Mazkur topshiriqning ijrosi doirasida Qumqo’rg’on tumanidagi 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi xalqaro baholash dasturlaridan biri bo‘lgan PISA tadqiqotida ishtirok etayotganligi sababli, jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rish va salohiyatini ko‘tarish maqsadida institutimiz O’quv ishlari bo’yicha prorektor, siyosiy fanlar doktori, Professor Bo’tayev Usmonjon Xayrullayevich, Filologiya fakulteti dekani pedagogika bo‘yicha falsa doktori, vb professor M.Musurmankulova hamda kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilari tomonidan ushbu maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib borildi.